Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting